Mening loyihalarim
Zamonaviy veb-texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan loyihalarni ko'rib chiqing.

Dynamics Market
Dynamics Market — bu avtomatlashtirish, asbobsozlik, energetika va elektrotexnika sohalarida yechimlar taklif qiluvchi taniqli kompaniya uchun yaratilgan e-commerce platforma. Saytga kompaniya o'z tovarlarini joylaydi. Saytga kirgan mijozlar tovar haqida to'liq ma'lumot olishlari mumkin. Tovarni savatiga qo'shadi va keyin savatdagi barcha tovarlarni buyurtma qiladi. Saytni Angular'da ko'tarilgan. Sababi bu loyihani kelgusida rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashni reja qilyapmiz. Katta masshtabli loyihalar uchun esa Angular taqdim etadigan arxitektura zo'r instrument. Backend qismini esa men Nest.js, Docker, MongoDB, ElasticSearch, Redis asosida ishlab chiqqanman, bu loyiha quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Dynamics Kirim/Chiqim Bot
Dynamics Kirim/Chiqim Bot — Ishxonam uchun Kirim-chiqimni avtomatlashtiruvchi Telegram bot yaratib berdim 📌 Bot imkoniyatlari 1.Ikki tilli qo‘llab-quvvatlash — foydalanuvchi o‘ziga qulay tilni tanlay oladi. (ru, uz) 2.3 xil rol tizimi — Direktor, Kassir va Menejer uchun alohida funksiyalar. 3.Google Sheets integratsiyasi — har bir tranzaksiyaga oid barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda Google Sheet’ga yoziladi (bu shartnoma bo‘lishi ham, kirim yoki chiqim turi bo‘lishi ham mumkin). ⚙️ Ish jarayonidagi qiyinchiliklar va yechimlar 1. Tranzaksiyani tasdiqlash jarayoni: Menejer yangi tranzaksiya kiritmoqchi bo‘lsa, avval Direktor, so‘ng Kassir tasdiqlashi shart.Bu qism menda eng katta challenge bo'ldi, lekin muvaffaqiyatli yechim topdim va tizim barqaror ishlayapti. 2. Valyuta kursini olish Bot Kapitalbank’dagi (USD → UZS) sotish va sotib olish kurslarini ko‘rsatishi kerak edi. Afsuski, Kapitalbank API taqdim etmaydi, shuning uchun kapitalbank.uz saytini kod orqali crawling qilishga to‘g‘ri keldi..

Fast-nginx npm package
FastNginx — Nginx serverlarini tez va oson sozlash uchun ishlab chiqilgan CLI vosita. Birgina buyruq orqali domenni ishga tushirish, SSL sertifikatlarini avtomatik o‘rnatish, xavfsizlik sozlamalari va tayyor shablonlardan foydalanish imkonini beradi.

Lingua Barno kursiga to'lov
LinguaBarnoning "Upgrade 4.0" kursi taqdimotining oxirida to'lov ochilgandan keyin, kursda qatnashmoqchi bo'lganlar joy band qilish uchun to'lov qilib, to'lovni tasdiqlovchi skrinshotlarni yuklaydigan forma sayt. Frontend qismini formani boshqarish osonroq bo'lishi uchun Angularda Og'abek Sultonbayev ko'tardi. Men rasmlarni yuklash uchun NodeJS yordamida thread pool sizeni oshirgan holda service backend ko'tardim. Katta yuklamada ham qotmasdan yaxshi ishlab berdi.

Azizbek Xabibullayev
Xalqaro kompaniyada Senior Frontend dasturchi Azizbek Khabibullayevning kurs vebinari uchun sayt. Sayt stilistikasi sodda va foydalanuvchiga qulay ko'rinishda ishlab chiqilgan.

Kamola Baxtiyarovna
San'atkorlar orasida mashhur bo'lgan, ko'p yillik tajribaga ega dizayner-texnolog Kamola Baxtiyarovnaning kurs reklamasi uchun qilingan sayt. Shu saytni tez qilib berishga to'g'ri kelib qolgan. U paytlarda saytlarning performensini oshirish haqida ko'p ham qayg'urmas edim. Chunki kurs tashkilotchilari bu masalaga uncha e'tibor berishmagan oldin. Lekin 94-95% atrofida ko'rsatgan target yoqilgan vaqtda. Hozir 93% ko'rsatyapti ekan. Ma'lumot uchun: bu statistika vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadi. Performens ko'p faktorlarga bog'liq.

Zarina Ismailovna
Rus tili o'qituvchisi Zarina Ismailovna uchun qilib berilgan vebinar sayti. Sayt dizaynida qora rangdan to'g'ri foydalanilgan

Farhod Ruzmatov
Cosmos brendi asoschi, Uzum marketning rasmiy spikeri Farhod Ruzmatovning online darslari reklamasi uchun qilingan vebinar sayti. Saytda dizayner Uzum marketning stilistikasidan ajoyib ko'rinishda foydalangan.

Komiljon Xamidjonov
Xalqaro kompaniyada Senior Backend dasturchi Komiljon Xamidjonovning kurs vebinari uchun sayt. Sayt stilistikasi sodda va foydalanuvchiga qulay ko'rinishda ishlab chiqilgan.